17 may 11:02
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Fight Night 172. Overim ishtirokidagi markaziy jang yakunlandi
AQSHning Florida shtati Jeksonvill shahrida bir hafta ichida uchinchi bor tashkil etilgan UFC turniri o'z nihoyasiga etdi.
UFC Fight Night 172 turnirining markaziy jangi og'ir vazn toifasida o'tkazildi. Unda niderlandiyalik Alistar Overim hamda amerikalik Uolt Xarris o'zaro to'qnash kelishdi. Jang oldidan har ikki sportchi yana bir bor taroziga chiqishdi. Unda Xarris 119,9 kg, Overim esa 114,9 kg tosh bosdi.
Oqshomning markaziy jangi ikkinchi raundda yakunlandi. Ancha tajribali hisoblangan Alistar Overim raqibini texnik nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratdi. Bu Overimning faoliyatidagi 46-g'alabasi bo'ldi. Hisobida 18 ta mag'lubiyat ham bor. Xarris esa bugun 8-mag'lubiyatini qarshi oldi. O'n uchta jangda g'alaba qozongan.
Havola :
Fikrlar