22 mar 10:33
Yangiliklar
UFC Fight Night 270 turnirining bonus egalari malum
Dastlabki kardni yopib bergan engil vazn toifasi vakillari Meyson Jons va Aksel Sola ishtirokidagi jang "Kecha jangi" deb topildi va har ikki aralash yakkakurash ustasi qo'shimcha 100 ming dollardan bonus olishdi.
Jang boshidayoq Sola raqibini bekfist usulida nokdaun holatiga tushirdi, biroq Jons nafaqat jangga qaytdi, balki tashabbusni o'z qo'liga oldi va yakunda hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozondi.
SHuningdek, 28 soniyada Ostin Leynni texnik nokautga uchratgan yarim og'ir vazn toifasi vakili Ivo Baranevskiy hamda ikkinchi raundda Ravenna Oliveyrani nokautga uchratgan birinchi eng engil divizion sportchisi SHanel Dayer "Oqshom namoyishi" uchun 100 ming dollardan mukofot puli olishdi.
Bundan tashqari, muddatidan avvalgi g'alabalar uchun qo'shimcha 25 ming dollarlik bonuslar Denni Silva va Brando Perichichga nasib etdi.


Fikrlar