03 iyu 17:03
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC jangchisi AQSHdagi talonchilarni "buzib" tashlamoqchi
Xabaringiz bor, ayni paytda AQSHning turli shaharlarida afroamerikalik Jorj Floydning policiya tomonidan shavqatsizlarcha o'ldirilishi ortidan namoyishlar bo'lmoqda.
Afsuski, bu namoyishlar, qo'zg'olonlar natijasida do'konlar, savdo shahobchalari, avtomobillar vayron qilinmoqda, yoqilmoqda. Talonchilar yarim o'rta vaznda UFC jangchisi Bilol Muhammadning otasi savdo qilayotgan kichik do'konni ham yoqib yuborishgan.
Tabiiyki, Bilol bundan darg'azab bo'lib, talonchilarga Tvitter sahifasi orqali murojaat qildi va voqeylikka keskin munosabat bildirdi.
"Otamning do'koni abgor qilinganini hazm qila olmayapman. Kichik biznes, shu do'kon orqali ro'zg'or tebratib turilgandi. Vada beramanki, talonchilar qo'limga tushsa, shunchaki "buzib" tashlayman. Buning oqibatida ular kasalxonaga ravona bo'ladi", — deya xabar qoldirgan Muhammad.
Havola :
Fikrlar