16 iyu 12:39
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC jangchisi Zubayra Tuxugovning navbatdagi jangi qachon o'tkazilishi mumkinligi aytildi
Xabib Nurmagomedovning jamoadoshi Zubayra Tuxugov navbatdagi jangini avgust yoki sentyabr oyida o'tkazishi mumkin.
Uning navbatdagi raqibi kim bo'lishi haqida hozircha malumotlar yo'q. Bu haqida menejer Rizvan Magomedov malum qildi.
"Jangni avgust yoki sentyabr oyida kutsak bo'ladi", - dedi Magomedov.
Eslatib o'tamiz, Tuxugov 2010 yilda UFCdagi faoliyatini boshlagan. U so'nggi jangini fevral oyida Kevin Agilarga qarshi o'tkazgan va birinchi raunda raqibini texnik nokaut evaziga mag'lub etgan.
Uning MMAdagi ko'rsatkichi 19-4-1 ni tashkil etadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar