26 may 12:42
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC koronavirusga test topshirish qoidalarini yanada kuchaytirmoqchi
UFC tashkilotchilari jangchilarni virusga testdan o'tkazish qoidalarini kuchaytirishmoqchi.
Bu safargi qoidalar Jeksonvilldagi turnirdan farq qiladi.
Endi jangchilar ikki marotabadan koronavirusga test topshirishadi. Avvaliga otelga etib kelishganida, keyin esa vazn o'lchash marosimi o'tkaziladigan kunda. Ushbu testni topshirgandan so'ng jangchilar musobaqa boshlangunga qadar otelda izolyaciyada bo'lishadi. Agar testlar ijobiy natija beradigan bo'lsa, jangchilar va uning jamoadoshlari kelgusi ko'rsatmaga qadar otelda qolishlari shart.
Yangi qoidalar 31 may kuni o'tkaziladigan UFC Fight Night turniridan boshlab amal qiladi. O'sha kechaning markaziy jangida Tayron Vudli Gilbert Bernsga qarshi oktagonga chiqadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar