27 iyu 09:18
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC. Las-Vegasdagi turnir ishtirokchilaridan biri koronavirus sababli jang qila olmaydigan bo'ldi
Ertaga tongda AQSHda navbatdagi UFC turniri tashkil etiladi.
Unda amerikalik Ramiz Braximadj yaponiyalik Takashi Satoga qarshi UFCdagi debyutini o'tkazishi lozim edi.
Lekin Braximadjning sekundantida koronavirus aniqlandi. SHu sababli, tashkilotchilar sportchini jangga qo'ymaslikka qaror qilishdi. Uning o'rniga Sato bilan boshqa bir debyutant Jeyson Uitt jang qiladigan bo'ldi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar