22 may 11:54
Yangiliklar

UFC maftunkor Vanzantning jangi sanasi va manzilini elon qildi
UFC promousheni bergan xabarga ko'ra Vanzant 11 iyul kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida braziliyalik Amanda Ribasga qarshi oktagonga ko'tariladi. Ushbu jang UFC 251 turniri doirasida bo'lib o'tadi.
Ushbu jang avvaldan kutilganidek 52 emas, 57 kg vazn toifasida tashkil etiladi. Aslida Vanzant - Ribas jangi 14 mart kuni Braziliyadagi UFC Fight Night 170 turniri doirasida o'tkazilishi kerak edi. Lekin Braziliya poytaxtidagi mazkur jang Vanzantning jaroxati sabab bekor qilingandi. Peyjning o'rnini egallagan Randa Markos esa Ribasga imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
Malumot uchun, 26 yoshli maftunkor Peyj Vanzant aralash qoidalar jangidagi faoliyatini 2012 yilda boshlagan. 2014 yildan esa UFC promousheni ostida o'z janglarini o'tkazib kelmoqda. U so'nggi jangini 2019 yilning yanvarida Reychel Ostovichga qarshi o'tkazib, raqibasini ikkinchi raundda mag'lubiyatga uchratgan edi.
Fikrlar