02 may 14:39
Yangiliklar

UFC may oyidagi turnirlar uchun shart va sharoitlarni malum qildi
Xabar qilinishicha, mehmonxonaga borgan jangchilar va ularning jamoadoshlari tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi. Hozircha testlar qay tarzda olinishi haqida malum qilinmagan. SHuningdek, ular har kuni tibbiy ko'rikda bo'lishadi.
Bundan tashqari mehmonxonaga faqat sportchilar, ularning sekundantlari va UFC tomonidan belgilangan xodimlar kiritiladi. Ularning oila azolari, do'stlari va menejerlarning kirishi taqiqlangan.
Har bir sportchi uchun alohida mashg'ulot xonasi tayyorlangan. U erga hafta davomida faqatgina bir jamoa azolari kirib-chiqadi. Har bir xonada mashg'ulot gilami va dezinfekciya vositalari, vazn tashlovchi alohida saunalar bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, UFC turnirlari ushbu sanalarda o'tkaziladi:
UFC 249 - 9 may
UFC Fight Night 175 - 13 may
UFC Fight Night 176 - 16 may
Fikrlar