10 may 08:45
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC. Ngannu - Rozenstruyk jangi 20 soniya ichida yakunlandi
Floridada UFC 249 turniri davom etmoqda.
Jang oqshomi doirasida Fransis Ngannu Jairzino Rozenstruykka qarshi oktagonga ko'tarildi. Uzoq kutilgan jang 20 soniyadayoq yakunlandi.
Unda Fransis Ngannu raqibini ketma-ket berilgan zarbalar seriyasiga ko'ra nokautga uchratdi.
UFC 249 turniri doirasida yana ikkita jang qoldi. Ularning birida Genri Sexudo Dominik Kruzga qarshi jang qilsa, asosiy to'qnashuvda Toni Fergyuson Jastin Getji bilan bahs yuritadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar