28 iyu 11:14
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC on ESPN 12. Bonus sohiblari malum
Xabaringiz bor, bir necha soat avval Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC kechasi o'z nihoyasiga etdi.
Ananaga ko'ra tashkilot oqshomning eng yaxshilarini taqdirlashda davom etmoqda. Kechaning eng qiziqarli jangi deya markaziy bahs etirof etildi.
SHuningdek, oqshomning eng yaxshi ishtirokchilari sifatida Key Xansen va Julian Erosa elon qilindi. Bugungi barcha bonus sohiblari kafolatlangan gonorarlaridan tashqari qo'shimcha 50 ming dollarga ham ega bo'lishdi.
Eslatib o'tamiz, oqshomning markaziy jangida Dastin Pore Den Xukerga qarshi oktagonga ko'tarilgan va raqibini ochkolar hisobiga ko'ra taslim etgan edi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar