16 iyu 09:20
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC on ESPN 13. Anderkard jang nihoyasiga etdi
Abu-Dabidagi "Janglar oroli"da o'tkazilayotgan UFC on ESPN 13 turniri o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.
Hozirgina oqshomning anderkard jangi yakunlandi. Unda Rayan Benua chempionlik kamariga sobiq davogar Tim Elliottga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Uch raundga mo'ljallangan jang hakamlarning biroz shubhali qarori bilan yakunlandi. Benua reytingning 13-pog'onasidan joy olgan raqibiga qarshi munosib harakat qildi va ayniqsa, uchinchi raundda nokaut bilan jang yakunlashiga bir bahya qoldi.
Ustunlik bo'lganiga qaramay, yakunda hakamlar 2:1 hisobida Elliott g'alaba qozonganini etirof etishdi. Tim Elliott oxirgi 5 ta jangidan 4 tasida mag'lubiyatga uchragan edi.
Havola :
Fikrlar