16 iyu 07:19
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC on ESPN 13. Hamzat CHimaev debyut jangini o'tkazdi + FOTO
Xabar berganimizdek, ayni daqiqalarda Abu-Dabidagi "Janglar oroli"da UFC on ESPN 13 turniri bo'lib o'tmoqda.
Oqshomning yana bir qiziqarli jangida asli kelib chiqishi chechenistonlik bo'lgan, hozirda SHaeciya sharafini himoya qilayotgan Hamzat CHimaev (7-0 MMA, 1-0 UFC) UFCdagi debyut jangini o'tkazdi.
Uning raqibi Jon Fillips (22-10 MMA, 1-4 UFC) bo'ldi. Jang ikkinchi raundda CHimaevning muddatidan avval qozongan g'alabasi bilan yakunlandi. Birozdan so'ng oqshomning markaziy jangi yarim engil vazn sportchilari - Kelvin Kattar va Den Ige o'rtasida bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar