16 iyu 06:48
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC on ESPN 13. Liana Jojua ishtirokidagi jang yakunlandi + FOTO
Ayni daqiqalarda Abu-Dabidagi "Janglar oroli"da UFC on ESPN 13 turniri bo'lib o'tmoqda.
Oqshom doirasidagi janglarning birida asli kelib chiqishi gruziyalik bo'lgan, hozirda Rossiya sharafini himoya qilayotgan Liana Jojua ruminiyalik Diana Belbitaga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Jang birinchi raundning o'zida yakunlandi. Belbita ilk soniyalardan tashabbusni qo'lga olib, raqibasini parter holatiga tushirgan bo'lsa-da, yakunda o'zi usulga tushib qoldi. Jojua armbar usuli bilan Dianani mag'lubiyatga uchratdi.
Havola :
Fikrlar