16 iyu 10:06
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC on ESPN 13. Markaziy jang to'liq davom etdi + FOTO
Abu-Dabidagi "Janglar oroli"da UFC on ESPN 13 turniri yakunlandi.
Hozirgina oqshomning markaziy jangi ham yakunlandi. Unda reytingning 6-pog'onasidan joy olib turgan amerikalik 32 yoshli Kelvin Kattar britaniyalik Den Igega qarshi oktagonga ko'tarildi.
Besh raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va g'olib hakamlarning qaroriga ko'ra aniqlandi. Besh raundning to'rttasini o'z foydasiga hal qilgan Kattar ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.
Malumot uchun, bu Kattarning 22-g'alabasi edi. Uning hisobida ikkita mag'lubiyat ham bor. Ige esa bugun faoliyatidagi uchinchi mag'lubiyatini qarshi oldi. Jami 14 ta jangda g'alabaga erishgan.
Havola :
Fikrlar