31 may 12:20
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC on ESPN 9 turnirining bonus egalari malum
Xabar berganimizdek, bugun tongda AQSHning Las-Vegas shahrida UFC on ESPN 9 turniri bo'lib o'tgandi.
Oqshomning markaziy jangida Tayron Vudli kutilmaganda braziliyalik Gilbert Byornsga imkoniyatni boy berib qo'ygan edi. Turnir yakunlanganidan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida UFC chempioni Dena Uayt qo'shimcha bonus sohiblarini elon qildi.
Unga ko'ra, Gilbert Berns, Makkenzi Dern, Brendon Royval va Tim Elliott oldindan vada qilingan gonorarlariga qo'shimcha bonus sifatida yana 50 ming dollarga ega bo'lishdi.
Royval va Elliott o'rtasidagi to'qnashuv turnirning eng yaxshi jangi deb topildi. Byorns va Dern esa kuchli raqiblarini mag'lubiyatga uchratganlari uchun bonusga loyiq ko'rilishgan.
Havola :
Fikrlar