11 iyu 08:51
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC prezidenti: Biz Xabibni o'z holiga qo'yamiz
UFC prezidenti Dena Uayt engil vaznda liga chempioni Xabib Nurmagomedovning rejalariga to'xtalib o'tdi.
Xabaringiz bor, Xabibning otasi Abdulmanap Nurmagomedov uch oycha davom etgan xastalikdan so'ng 3 iyul kuni vafot etgan edi.
"Abdulmanapning vafoti — katta fojia. Hali ham o'zimizga kela olmayapmiz. Xabib otasini qanchalik yaxshi ko'rganini juda yaxshi bilamiz. Biz unga o'ziga kelib olishi uchun vaqt beramiz. Jang o'tkazish uchun qachon tayyor bo'lasan deb xoli joniga tegmaymiz. SHunchaki, uni o'z holiga qo'yamiz. Unga vaqt kerak. Kelajagi haqida o'zi qaror chiqaradi", — deya Uaytning so'zlarini keltirmoqda MMA Fighting.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar