01 may 15:34
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC prezidenti chempion bo'lmagan eng yaxshi jangchilarni malum qildi
UFC prezidenti Dana Uayt tashkilot tarixida kuchli bo'lgan, ammo chempionlikni qo'lga kirata olmagan jangchilar ro'yxatini tuzib chiqdi.
“Donald Serrone, Yurayya Feyber, Vanderley Silva, Karlos Kondit, Jozef Benavides... bu ro'yxatni yana ancha davom ettirish mumkin. Serrone bir marta chempionlik jangida ishtirok etgan, lekin imkoniyatni boy bergan.
Feyber to'rt marta kamarga harakat qilib ko'rgan, lekin Renau Barao va Dominik Kruslarga bir emas, ikki martadan yutqazib qo'ygan. Jozef Benavides ham uch marta kamarni qo'lga kiritish uchun uringan, ammo...“, - dedi Uayt.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar