17 iyu 17:17
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC prezidenti eng kuchli to'rt nafar sportchi nomini aytdi
UFC prezidenti Dena Uayt tarixdagi eng kuchli to'rt nafar jangchi nomini aytdi.
"Agar gap to'rtta eng kuchli jangchi haqida ketayotgan bo'lsa, Roys Greysini tanlashim lozim (90-yillarda UFC chempioni). SHuningdek, Amanda Nunes tarixdagi eng buyuk ayol jangchilardan biri.
Yana ikki sportchini tanlash qiyin. Men Jon Jonsni tanlayman. To'rtinchi o'ringa CHak Liddellni qo'yaman. O'z vaqtida u eng katta yulduz edi. Umuman CHak Liddell va Forrest Griffinni tanlab tanga tashlasak ham bo'ladi", - dedi Uayt.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar