05 may 10:42
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC prezidenti: Hali o'tkazilmagan UFC 249 turnirdan 5,5 mln dollar "minus"ga kirdik
UFC prezidenti Dana Uayt kompaniyaning moliyaviy yo'qotishlariga to'xtalib o'tdi.
Aslida 18 aprel kuni Bruklinda o'tkazilishi rejalashtirilgan UFC 249 turniri 9 may kuni Floridada muxlislarsiz bo'lib o'tadi.
"G'alati davrni boshdan kechiryapmiz. Ana shunday kunlarda turnir tashkil qilish katta tavakkal. Foydadan ko'ra zararga kirishing aniqroq. Keyin uch oy oldin turnir o'tkazish bilan hozir o'sha turnirni tashkil etish orasida katta farq bor. Hozir avvalgisidan ikki barobar ko'p pul ketadi. Bruklindagi oqshom uchun chiqarilgan chiptalarning o'zidan 5,5 million dollar zararga kirib o'tiribmiz. SHu bois, hozirning o'zida UFC 249 turniridan 5,5 million dollar zarar ko'rdik. Men hali boshqa harajatlarni keltirmadim", - dedi Uayt.
Havola :
Fikrlar