07 iyu 16:42
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC prezidenti: Konor, Jon, Xorxe, yo'qol, ko'zimga ko'rinmalaring
UFC prezidenti Dena Uayt ikki vaznda sobiq tashkilot chempioni Konor Makgregorning faoliyatini yakunlashiga munosabat bildirdi.
SHuningdek, Uayt o'z so'zida UFCdan ketish bilan tahdid qilgan tashkilot jangchilari Xorxe Masvidal hamda chempion Jon Jonsga ham munosib javob berdi.
"Konor, Jon Jons, Xorxe Masvidal ketishga qaror qilishdi. Bir tomondan qaraganda bu normal holat va buni tushunaman. Ular jang qilishni istashmayapti. UFCda jang qilishni xohlaganlar qoladi. Tashkilotdan qolishni istamaganlar "avtobus"dan tushib qolsin va ko'zimdan yo'qolsin", - deya keskin munosabat bildirgan Uayt.
Havola :
Fikrlar