15 iyu 11:27
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC prezidenti: Masvidalga jang kerak bo'lsa, qo'ng'iroq qilsin
UFC prezidenti Dena Uayt yarim o'rta vaznda BMF chempioni Xorxe Masvidalning o'zini tutishini tanqid ostiga oldi.
"Uning o'zini tutishi meni xayron qoldirmayapti. Men 20 yildan beri bunday holat bilan to'qnash kelaman. Kimga jang kerak bo'lsa, biz uni taqdim etamiz. Sportchining o'zi buni istamayaptimi, biz unga yalinmaymiz.
Masvidal bu borada aka-uka Diaslarga juda o'xshab ketadi. Men yana kamida 10 yil davomida har haftaning so'nggi kuni turnir tashkil etaman. Agar Xorxega jang kerak bo'lsa, menga qo'ng'iroq qilsin", – dedi Uayt.
Havola :
Fikrlar