13 may 15:40
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC prezidenti: Mayk Taysondan ringga qaytmasligini iltimos qilaman
UFC prezidenti Dana Uayt Mayk Taysonning ringga qaytishi haqidagi xabarga o'z munosabatini bildirdi.
"Men Taysonni juda yaxshi ko'raman va hurmat qilaman. Lekin undan ringga qaytmasligini iltimos qilaman. Men Maykka "Sen tarixdagi eng buyuk boschilardan birisan. Lekin 53 yoshdasan. Iltimos, bunday qilma".
Men uning jang qilishini istamayman. Agar bu amalga oshadigan bo'lsa Tayson aqlga sig'maydigan nimadir qiladi. U nimani rejalashtirayotganini bilmadimu, lekin ishonchim komil, u nimadir qila oladi", - dedi Uayt.
Havola :
Fikrlar