01 iyu 14:03
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC prezidenti vada berdi: Konor - Xabib chempionlik jangi o'tkaziladi
UFC prezidenti Dena Uayt ikki vaznda sobiq jahon chempioni Konor Makgregorga kamar uchun jang tashkil qilib beradi.
Uayt irlandiyalik bu borada vada ham berdi. Makgregor Xabib Nurmagomedov - Jastin Getji jangi g'olibiga qarshi oktagonga ko'tariladi. Xabib - Jastin jangi katta ehtimol bilan shu yilning sentyabr oyida o'tkaziladi.
"Getji - Xabib jangini intizorlik bilan kutyapman. Uning qanday natija bilan yakunlanishiga qiziqyapman. Bo'lajak jang g'olibini Konor Makgregor kutib turibdi", - dedi Uayt ESPN kanaliga bergan intervyusida.
Havola :
Fikrlar