02 apr 11:17
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC prezidenti: Xabib jang qilmasligini bilgandik
Ultimate Fighting Championship (UFC) prezidenti Dana Uayt UFC 249 oqshomining markaziy jangi bekor bo'lishiga munosabat bildirdi.
Xabaringiz bor, ushbu chempionlik jangi Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson o'rtasida o'tkazilishi lozim edi. Lekin kecha Nurmagomedov kutilmaganda vaziyat taqozosi bilan bu jangda ishtirok etmasligini malum qilgandi.
"Ha, bu o'yinning oxiri shunday yakun topishini taxmin qilgandim. Xabib jang qilmasligini bilardim. Fergyuson Getjiga qarshi? Men matbuot bilan jang detallari haqida gaplashmoqchi emasman", - deya Uaytning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Yahoo.
Havola :
Fikrlar