21 iyu 14:23
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC prezidenti Xabibning rejalari haqida gapirdi
UFC prezidenti Dana Uayt tashkilotning engil vazn chempioni Xabib Nurmagomedovning kelajagi borasida o'z qarashlarini malum qildi.
"Xabibning qanday rejalari borligini va nima qilmoqchi ekanligini bilmayman. Lekin u kuzda Getjiga qarshi jang qilishi shart", - dedi Dana.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Xabib yaqin orada kelajagi borasida aniq malumot berishini malum qilgandi. Xabib va Getji o'rtasidagi jang 19 sentyabr kuni UFC 253 kechasida bo'lib o'tishi lozim.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar