14 may 17:17
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC. Robersonning jangi nima uchun bekor qilindi? Uning Mahmud Muradovga qarshi jangi ham o'tkazilmagandi
Bugun AQSHning Florida shtatida UFC Fight Night 171 turniri bo'lib o'tdi.
Ushbu jang oqshomi doirasida amerikalik Karl Roberson (9-2) italiyalik Marvin Vettoriga qarshi oktagonga chiqishi lozim edi.
Lekin, Robersonda vazn haydash sabab sog'lig'ida muammolar yuzaga kelgan. SHu sababli u bugungi jangda ishtirok eta olmadi.
Malumot uchun, Roberson shu yil 18 aprel kuni UFC 249 turniri doirasida hamyurtimiz Mahmud Muradovga qarshi jang qilishi lozim edi. Ammo, koronavirus sabab ushbu to'qnashuv bekor qilingandi.
Havola :
Manba : UFC Russia
Fikrlar