04 may 16:56
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC sobiq chempioni: Xabibni hech kim engil vaznda mag'lub eta olmaydi
Engil vazn toifasida sobiq UFC kamari sohibi Eddi Alvares amaldagi jahon chempioni Xabib Nurmagomedov haqida o'z fikrlarini bildirdi.
“Xabibni engil vaznda hech kim mag'lub eta olmaydi. Uni Toniga qarshi jangi ham menga yoqmagandi. Fergyuson ko'rinishidan jismonan kuchli sportchiga o'xshaydi, lekin u juda ko'p xato qiladi. Xabibga qarshi jangda xato qilish esa mumkin emas, bitta xato va bu mag'lubiyatga sabab bo'ladi.
Xabib aqli va o'z uslubini yildan-yilga mukammallashtirib bormoqda. Agar Toni Getjini mag'lub etib, Xabibga qarshi jangi yana tashkil etilsa ham, bu jangda Fergyusondan nimadir kutish qiyin”, - dedi Eddi.
Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar