11 may 16:02
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC. Toni Fergyusonning navbatdagi jang sanasi aniq bo'ldi
UFCning sobiq vaqtinchalik chempioni Toni Fergyuson 8 iyun kuni UFC 238 turniri doirasida oktagonga chiqadi.
O'sha kungi jangda Fergyusonga Donald Serrone raqiblik qiladi. Bahs CHikagoda tashkil qilinadi.
Fergyusonning MMAdagi rekordi 24 g'alaba va 3 mag'lubiyat. Serroneda esa bu ko'rsatkich 36-11 ni tashkil etadi.
UFC 238 turnirining asosiy jangi engil vazn toifasidagi Genri Sexudo va Marlon Moraes o'rtasida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : Sports.ru
Fikrlar