13 iyu 10:54
Yangiliklar

UFC. Zarrux Adashev vazn qila olmagani uchun qancha pul yo'qotadi?
Unda ishtirok etgan hamyurtimiz Zarrux Adashev belgilangan vazn meyoridan biroz og'irroq chiqdi. Taqqoslash uchun belgilangan vazn 61 kg bo'lsa, Zarrux 62,6 kg tosh bosdi.
Jang qilishini 4 kun oldin eshitgan Zarruxning bunday holatga tushishini normal qabul qilish lozim. Eng muhimi, ertaga ushbu bahs o'tkaziladi va sportchimiz UFCda debyut qiladi.
Qoidalarga ko'ra, vazn qila olmagan sportchi gonorarining malum miqdoridan mahrum qilinadi. Bizga malum bo'lishicha, Adashevning 20 foiz gonorari olib tashlanadi.
Hozircha Zarrux Adashevning jang uchun qancha pul olishi haqida ochiq malumotlar yo'q. Lekin, boshqa bir o'zbekistonlik sportchi Mahmud Muradov UFCdagi debyuti orqali 23 500 dollar ishlab olgandi. O'shanda u debyut jangi uchun kafolatlangan 10 000 dollar, shuningdek, bahsda g'alaba qozongani uchun yana 10 000 dollarga ega bo'lgan. "Rebook" bilan imzolangan shartnoma uchun qo'shimcha 3 500 dollarga ham ega chiqqandi.
Nima bo'lganida ham, muhimi debyutni muvaffaqiyatli boshlab olish. Olamsport.com sayti ertangi jangda Zarrux Adashevga omad tilaydi.
Fikrlar