30 iyu 09:35
Yangiliklar

UFCda 100 000 $ gonorar qanday taqsimlanadi?
Amerikalik bu aralash yakkakurash ustasi engil vazn toifasida UFC janglarida ishtirok etgan.
"Masalan, 100 ming dollar gonorar vada qilingan. Ushbu summaning 10% menejerning maoshi uchun ketadi. 15% murabbiylar, 5-10% mashg'ulot jarayoni, 20% soliqlar uchun sarflanadi. Qon kechib jang o'tkazgan sportchiga qancha ulush qolganini o'zingiz hisoblab olavering", — dedi 41 yoshli Meynard.
Malumot uchun, Grey Meynard 2006-2018 yillar oralig'ida turli promoushenlarda ishtirok etgan. So'nggi jangini 2018 yilning oktyabr oyida Nik Lencga qarshi o'tkazib, mag'lub bo'lgan edi. Uning hisobida UFC promoushenida o'tkazilgan 22 ta jang bor: 13 g'alaba, 7 mag'lubiyat, 1 durang, 1 ta jang esa o'tkazilmagan deya topilgandi.
Fikrlar