So’nggi yangiliklar

16:07Жордан Барроуз RAF билан шартнома имзолаб, Махачев ва Царукян билан бир кечада жанг қилмоқчи эканини айтди 0 15:21Анвар Анваров Швециядаги турнир чемпиони! 0 14:58Расман: Марк Кукурелья — "Реал" футболчиси! 0 14:31Топурияни қўлтиқлаб олиб чиқиб кетишди, Гэтжидан сальто. Оқ уй UFC турнирининг ёрқин СУРАТЛАРИ 0 13:55Макгрегор Топуриянинг Гэтжи билан жангдаги мағлубияти ҳақида гапирди 0 13:29Царукян Гэтжининг Топурия билан жангидаги ғалабасидан 5,7 млн доллар ютиб олди 0 12:58Алижонов умумий гуруҳга қайтди. Машарипов, Ҳамробеков ва Ғаниевчи? 0 12:33Махачев Гэтжининг Топурия билан жангдаги ғалабасига муносабат билдирди 0 11:54UFC White House - Freedom 250 турнир бонуслари кимларга насиб қилди? 0 11:08UzChess Cup III. Нодирбекларда аламли мағлубият. Бугун Мадаминов ёки Воҳидов чемпион бўлиши мумкин 0 10:42Оз қолди! Ўзбекистон МТЖнинг навбатдаги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 10:07UFC White House. Марказий жанг муддатидан олдин тугади 0 09:41Красноярскдаги турнирни 5 та медаль билан якунладик, Азаматова чемпион! 0 09:06Алекс Перейрани чемпионлик жангида нокаут қилишди 0 08:4972 йилдан сўнг ЖЧда ушбу ҳолат яна бир бор содир бўлди 0

12 iyu 13:40
Yangiliklar

Boks/MMA

UFCda debyut qiladigan o'zbekistonlik: Zarrux Adashev haqida nimalar bilamiz?

Kuni kecha o'zbekistonlik yana bir sportchi Zarrux Adashev MMA olamidagi eng nufuzli liga - UFCda jang qilishi haqida xabarlar tarqaldi.

Bugun ushbu sportchimiz haqidagi malumotlarni etiboringizga havola qilmoqchimiz. 

Zarrux Adashev 1992 yilning 29 iyulida Samarqand shahrida tug'ilgan. Bolaligidan sportga qiziqqan va 5 yoshidan boshlab akasi SHoxrux bilan birga shug'ullana boshlagan. Oradan vaqt o'tib u murabbiy Ikrom Jalilov boshchiligida qo'l jangi bilan shug'ullanadi. Viloyat va Respublika miqyosidagi bir qator musobaqalarda g'olib bo'ladi. 


Qo'l jangi bo'yicha ko'p karra O'zbekiston chempioni, xalqaro turnirlar g'olibi, 2010 yilda Osiyo chempioni bo'lgan. 

2012 yilda akasi bilan birga AQSHga ko'chib o'tadi va Lion Fights kikboks zalida shug'ullana boshlaydi. 2013 yilda professional kikboksda debyut qiladi, 2015 yilga kelib esa ROC promoushenidagi MMA jangida ishtirok etadi.

Bungacha u AQSHda WKU yo'nalishida kikboksing bo'yicha 2 karra jahon chempioni, 2012 yilda MMA bo'yicha WKA yo'nalishi kumush medali sohibi bo'lib ulgurgandi. 

2015 yili ROC 51 turniridagi MMA jangi muvaffaqiyatsiz chiqadi va u Kodi Muniga imkoniyatni boy berib qo'yadi. SHundan so'ng u nufuzi jihatdan UFCdan keyingi o'rinda turuvchi "Bellator" promousheni janglarida ishtirok eta boshlaydi va uchta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozonadi. 


Laqabi - "THE LION" (o'zbek tilida sher manosini bildiradi). Janglarni o'ta engil va ikkinchi engil vazn toifasida o'tkazadi. U "stoyka"da ham, qo'lda ham yaxshi ishlay oladi. Bungacha g'alaba qozongan uchta jangida uning ajoyib himoyasi qo'l kelgan. Oyoq orqali raqibga yaxshigina bosim o'tkaza oladi. Boks va kurash ko'nikmalari ham chakki emas.


Kikboksingdagi rekordi 16-3.

MMAdagi rekordi 3-1


UFCdagi debyut haqida

U UFCdagi ilk jangini amerikalik Tayson Nemga qarshi o'tkazadi. Kechaning markaziy jangi Jessika Ay va Sintiya Kalvillo o'rtasida kechadi. 

Tayson Nem avvaliga Rayan Benuaga qarshi jang qilishi lozim edi. Nomalum sabablarga ko'ra, Benua ushbu bahsda ishtirok eta olmaydigan bo'lib qoldi. SHundan so'ng UFC Zarrux Adashevga murojaat qildi va hamyurtimiz ushbu chorlovni qabul qildi. 

Demak, yakshanba tongini hamyurtimizning debyuti bilan qarshi olamiz. 

Jang vaqti va tomosha qilish uchun linkni Olamsport.com sayti orqali bahsga oz vaqt qolganida taqdim etamiz. Bizni kuzatib boring. 


Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

   
12 iyu 15:32:06
Shovkat
Omad tliman ğalaba kutamz nasp qsa
   
12 iyu 14:04:53
WORKOUT
Uzreport dan jonli efir bolmasmikin
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing