28 iyu 15:06
Yangiliklar
Boks/MMA

UFCda inqirozmi? Yana bir yulduz gonorar sabab tashkilotdan ketmoqchi
Og'ir vazn toifasida UFC janglarida ishtirok etib kelayotgan Kyortis Bleyds tashkilot rahbari Dena Uaytni tanqid qildi.
"U meni uchta sabab tufayli yomon ko'radi. Birinchisi, men nimani o'ylasam, o'sha gapni aytaman. Ikkinchisi, jang uslubim ularga yoqmaydi. Uchinchisi, Dena bizga kam pul berayotganini yaxshi bilishim.
Ular bizni ketishimizga imkon berishsin, boshqa tashkilotlarda bundan ancha ko'p gonorar olishimiz aniq. UFCda kasaba uyushmasi yo'q, shu sababli ham sportchilarning huquqlari bilan hech kim shug'ullanmaydi. Bizga faqatgina ular yordam berishlari mumkin", - dedi Bleyds.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar