06 iyu 09:29
Yangiliklar

UFCda parokandalik! Jons ketidan Masvidal ham tashkilotdan ketmoqchi
Masvidal agar gonorar oshirikmasa, ligadan ketishi bilan tahdid qilgan. Xorxening aytishicha, unga chempion Kamaru Usmanga qarshi jang uchun juda kam gonorar taklif qilishgan. Ushbu summa uning Neyt Diasga qarshi o'tkazgan jangidagi gonorardan ham ancha kam.
"Agar men kattaroq gonorarga munosib bo'lmasam, javobimni beringlar. Nima uchun men avvalgi jangimdan teng yarmiga kam gonorar olishim kerak? Faqat hamma aybni pandemiyaga to'nkamanglar. Odamlar ishga qaytyapti, iqtisodiyot o'z joyiga kelyapti. Sizlar esa butun bir orolni sotib olyapsizlar. CHempionlik jangi uchun munosib haq to'lanmas ekan, men ligadan ketaman", - dedi Masvidal o'zining Tvitter sahifasida.
Eslatib o'tamiz, avvalroq yarim og'ir vazn toifasda UFC chempioni Jon Jons ham ligadan ketishini aytgan edi.
Fikrlar