15 iyu 16:50
Yangiliklar
Boks/MMA

"UFC'dagi ilk rossiyalik chempion Xabib emas"
UFC asoschisi Art Deyvining fikricha, promoushenning rossiyalik ilk chempioni Xabib Nurmagomedov emas, balki Oleg Taktarovdir.
"Taktarov UFCning rossiyalik chempioni. U UFC 6 turnirida chempionlik kamarini qo'lga kiritgan. Bunday turnirda chempion bo'lish uchun o'sha payt bir jang oqshomida uch nafar turli raqibni mag'lub etish lozim edi.
Men Xabibni hurmat qilaman, lekin u bir yilda ikki marotaba jang qiladi. Bu osonroq. Bir kechada uchta jangni tasavvur qilyapsizmi? Sen matbuot anjumanigacha raqibing kim bo'lishini bilmaysan. Bu hozir ilojsiz.
O'shanda tayinli qoidalarimiz ham yo'q edi. Yotgan raqibni ham, istasa tizza bilan ham urish mumkin edi. Oleg UFCning rossiyalik ilk chempioni. Bu unvonni undan olib qo'yish mumkin emas", - dedi Deyvi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar