02 apr 16:48
Yangiliklar
Boks/MMA

"UFCdagilar Xabibdan uzr so'rashi lozim"
Rossiyalik MMAchi Yusuf Raisov UFC qilgan ishi uchun Xabib Nurmagomedovdan uzr so'rashi lozim deb hisoblaydi.
"UFCdagilar noto'g'ri ish qilishdi. Avvaliga jang Amerikada bo'lmasligi haqida malum qilishdi. Unga uyga qaytishi mumkinligini aytishdi.
Men Xabibning o'rnida bo'lganimda nima qilardim? G'alati holat. Menimcha jangga bormagan bo'lardim. Birinchidan, bu erda UFC tomonidan nohaqlik bo'ldi. Bitta gapni aytib, keyin Amerikaga yana chaqirish noto'g'ri. Ular Xabibdan uzr so'rashlari lozim.
Toni Fergyuson o'zi Amerikada. Unga iqlimga moslashish ham shart emas, shuning uchun u tilini uzun qilib olgan. SHuningdek u erga uchib borish ham mumkin emas", - dedi Raisov.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar