28 iyu 05:56
Yangiliklar
Boks/MMA

UFCdan ikki marta haydalgan sportchi sensacion tarzda g'alabaga erishdi
Las-Vegasda navbatdagi UFC Fight Night turniri o'tkazilmoqda.
Kechaning asosiy kardidan o'rin olgan dastlabki jangda o'z vaqtida ikki marotaba UFCdan chetlatilgan Julian Erosa SHon Vudsonga qarshi oktagonga chiqdi.
Qayd etish lozimki, Erosa seshanba kuni ushbu jangda ishtirok etish taklifini olgandi. Bahs davomida Vudson yaxshigina ustunlikka erishdi. Uchinchi raundda esa Julian vaziyatni o'nglay oldi va raqibini nokaut qilishga erishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar