16 iyu 11:06
Yangiliklar
Tennis

Uimbldon-2017. Juftlik bahslarida rossiyalik qizlar tengsiz!
London shahrida yakuniga etib borayotgan “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi Uimbldon turnirining xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi juftlik musobaqasi g'olibalari aniqlandi.
Hal qiluvchi final uchrashuvida rossiyalik tennischi qizlar - Ekaterina Makarova va Elena Vesnina juftligi 54 daqiqa ichida g'alabani naqd qilishdi. Ular ruminiyalik Monika Nikulesku hamda Xitoy Taypeyi vakilasi Xao-CHinga bironta geymni ham berishmadi - 6:0, 6:0!
Uimbldon turniridagi
muvaffaqiyatli ishtirok Vesnina va Makarovaga 400 000 dollar mukofot puli
hamda 2000 reyting ochkosini taqdim etdi.
Havola :
Fikrlar