06 iyu 11:04
Yangiliklar
Tennis

Uimbldon (ATP). Marrey va Nadalning engil g'alabalari
London shahrida “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi Uimbldon turniri davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 20 000 000 dollarni tashkil qiluvchi musobaqaning yakkalik bahslarida ikkinchi davra uchrashuvlari o'tkazilmoqda. Turnirning amaldagi g'olibi britaniyalik Endi Marrey germaniyalik Dastin Braunni 6:3, 6:2, 6:2 hisobida mag'lub etdi.
Ispaniyalik Rafael Nadal esa hamyurtimiz Denis Istominni taslim etgan amerikalik Donald Yangdan 6:4, 6:2, 7:5 hisobida ustun keldi. Xorvatiyalik Marin CHilich germaniyalik Florian Mayerni musobaqadan chiqarib yubordi – 7:6 (2), 6:4, 7:5.
Havola :
Fikrlar