07 iyu 14:02
Yangiliklar
Uimbldon. Barcha yarim finalchilar malum (ayollar)
Ayollar o'rtasidagi bahslarda chorak final uchrashuvlari yakuniga etib, barcha yarim finalchilar nomi malum bo'ldi.
Jahonning birinchi raketkasi avstraliyalik Eshli Barti Wimbledon chorak finalida WTA reytingida 75-o'rinni egallab turgan hamyurti Ayla Tomljanovichni mag'lub etdi. 1 soat 6 daqiqa davom etgan uchrashuvda Barti 6/1, 6/3 hisobida g'alaba qozonib, musobaqaning yarim finaliga yo'l oldi.
O'z navbatida jahonning 28-raketkasi germaniyalik Anjelik Kerber chorak finalda WTA reytingida 22-o'rinni egallab turgan chexiyalik Karolina Muxovani 1 soatu 15 daqiqa davom etgan uchrashuvda 6/2, 6/3 hisobida mag'lub etdi.
Uimbldonning yarim finalida Barti germaniyalik Anjelik Kerber bilan to'qnash keladi.
Jahonning to'rtinchi raketkasi, belaruslik Arina Sobolenko chorak finalda WTA reytingida 24-o'rinni egallab turgan Tunis vakili Ons Jaberni mag'lub etdi. 1 soat 14 daqiqa davom etgan uchrashuvda Sobolenko raqibasini 6/4, 6/3 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
CHexiyalik tennischi Karolina Pliskova esa chorak finalda shveycariyalik Viktoriya Golubichni mag'lub etdi. 1 soat 22 daqiqa davom etgan uchrashuvda jahonning 13-raketkasi Karolina WTA reytingida 66-o'rinni egallab turgan 28 yoshli Golubichni 6/2, 6/2 hisobida mag'lub etdi.
Endi Sobolenko va Karolina Plishkova final yo'llanmasi uchun o'zaro kurash olib boradilar.
Fikrlar