04 iyu 10:10
Yangiliklar
Tennis
"Uimbldon". Dunyoning birinchi raketkasi uchinchi davra bahsini o'tkazdi
Sayyoramizning birinchi raqamli tennis malikasi Eshli Barti "Uimbldon" turnirining uchinchi davrasida kortga chiqdi.
Avstraliyalik tennischi 1 soatu 37 daqiqa davom etgan bahsda WTA reytingida 64-pog'onadan joy olgan chexiyalik Katerjina Sinyakovani 6/3, 7/5 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi.
Uchrashuv davomida 25 yoshli Barti 8 ta, Sinyakova esa 3 ta eys zarbani amalga oshirdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Endi Eshli to'rtinchi davrada boshqa bir chexiyalik tennischi Barbora Kreychikovaga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar