So’nggi yangiliklar

19:09Хитойдаги UFC турнирининг бонус соҳиблари аниқ бўлди 0 18:37АПЛ. Абдуқодир Ҳусанов захирада қолдирилган ўйинда "Манчестер Сити" "Тоттенхэм"га ютқазди 0 18:00Эзе "Арсенал" билан шартнома имзолади 0 17:40UFC Шанхай. Марказий жангда нокаут қайд этилди 0 17:15UFC Шанхай. Алжемейн Стерлинг Брайан Ортега билан жанг қилди 0 16:58UFC собиқ чемпиони ноябрь ойида октагонга қайтмоқчи 0 16:37UFC Шанхай. Сергей Павлович иштирокидаги жанг тўлиқ давом этди 0 16:16"Бунга нуқта қўйиш вақти келди". Нганну Уайлдерни жангга чорлади 0 15:55Ўзбекистон терма жамоасининг "CAFA Nations Cup-2025" учун қайдномаси маълум 0 15:33Шанхайдаги UFC турнири доирасида Марказий Осиё дербиси бўлиб ўтди 0 15:10"Бунда интрига бор". Махачев Топурия билан жангга қизиқмоқда 0 14:49Камрон Абдураззоқов Asian Cup 2025 кумуш медали совриндори 0 14:28Романо Доннарумманинг келажаги ҳақида фикр билдирди 0 14:07Чарльз Оливейра Илия Топурия энди кимга қарши жанг қилиши кераклигини айтди 0 13:46Нодирбек Якуббоевда яна ғалаба, у 61th Rubinstein Memorial чемпионлигига яқин! 0

11 iyu 23:00
Yangiliklar

Tennis

"Uimbldon". Erkaklar o'rtasidagi final bahsi bo'lib o'tdi + FOTO

Teglar :  Novak Jokovich
London shahrida ikki hafta davom etgan tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi "Uimbldon" turniri o'z yakuniga etdi

Hal qiluvchi final uchrashuvida sayyoramizning birinchi raketkasi, serbiyalik Novak Jokovich hamda ATP reytingining 9-pog'onasidan joy olib turgan italiyalik Matteo Berrettini o'zaro to'qnash kelishdi. Uch soatu 23 daqiqa davom etgan bahsda tajriba o'z so'zini aytdi va Novak 6/7(4), 6/4, 6/4, 6/3 hisoblarida g'alaba qozondi.

Novak uchrashuv davomida 5 ta, Matteo esa 16 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Jokovich hisobni yiriklashtirdi - 3:0. 

SHu tariqa, Novak Jokovich faoliyatidagi yigirmanchi "Katta Dubulg'a" turniri bosh sovrinini qo'lga kiritdi. Yutib olingan umumiy sovrinlari esa 85 taga etdi. Novak "Uimbldon" turniridagi bu yilgi ishtirokidan 2000 reyting ochkosi hamda 1 million 700 ming funt sterling mukofot puli ishlab oldi. Berrettini esa 1200 ochko va £900,000 funtga ega bo'ldi. 

Serbiyalik tennischi turnir yakunlariga ko'ra dunyoning birinchi raketkasi bo'lib qoladi. U ikkinchi o'rinda borayotgan rossiyalik Daniil Medvedevni 1743 ochkoga ortda qoldiryapti. Berrettini esa Rojer Federerni ortda qoldirib, 8-o'ringa ko'tarilib oladi. 

Jokovichning faoliyatida ishlab topgan pullari 152,1 million dollardan oshdi. Bu tennis tarixidagi rekord natijadir. Aynan Novak birinchi bo'lib 150 millionlik dovonni zabt etgandi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing