10 iyu 08:23
Yangiliklar
Tennis
Uimbldon. Jokovich chorak finalga chiqdi
London shahrida o'tkazilayotgan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Uimbldon turniri o'zining qizg'in pallasiga kirib boryapti.
Dunyoning sobiq birinchi raketkasi, ayni paytda ATP reytingida 21-o'rinni egallab turgan Novak Jokovich nimchorak final uchrashuvida oson g'alabaga erishdi. Serbiyalik tennischi 1 soatu 45 daqiqa davom etgan bahsda rossiyalik Karen Xachanovni 6:4, 6:2, 6:2 hisobida mag'lub etdi.
Yigirma ikki yoshli Xachanov reytingda roppa-rosa 40-pog'onadan joy olgan. Endi 31 yoshli Jokovich yarim final chiptasi uchun yaponiyalik Kei Nishikoriga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Fikrlar