14 iyu 08:41
Yangiliklar
Tennis
Ukrainadagi vaziyat o'zgarmasa, rossiyalik tennischilarga qiyin bo'lishi mumkin
Daily Mailʼning xabar berishicha, agar Ukrainadagi vaziyat o'zgarmasa, 2023 yilda ham "Uimbldon" rossiyalik tennischilar musobaqada qatnashishiga ruxsat bermasligi mumkin.
Yakuniy qaror 2023 yilning mart oyidan oldin butun Angliya laun-tennis va kroket klubi tomonidan qabul qilinadi.
Eslatib o'tamiz, bu yil Buyuk Britaniya Ukraina hududida o'tkazilgan urush tufayli rossiyalik va belaruslik tennischilarga "Uimbldon" va boshqa turnirlarda ishtirok etishga ruxsat bermagan edi. SHu munosabat bilan ATP va WTA "Uimbldon"ni reyting ochkolaridan mahrum qildi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar