07 may 16:21
Yangiliklar
Boks/MMA

Ukrainalik bokschi mamlakat prezidentiga minnatdorchilik bildirdi
Ukrainalik bokschi Ivan Redkach mamlakat rahbari Vladimir Zelenskiyga minnatdorchilik bildirdi.
“Ukrain matbuotiga hayron qolaman, ular ozgina xatodan katta narsalar yasashga harakat qilishadi. Agar Zelenskiyning qaysidir ishi o'xshamasa, tezlik bilan uni masharabozga chiqarib qo'yishadi. U AQSH, Italiya, Ispaniya, Rossiya rahbarlari qila olmagan ishni uddaladi. Vaqtida karantin holatini elon qildi. Aynan Zelenskiy sababli Ukraina virusdan katta talofat ko'rmadi.
Etibor beringlar, AQSHda kasallanganlar soni 1,2 million, bizda esa 12 ming, vafot etganlar esa 70 ming, bizda esa 300 nafarcha. Farqni ko'ryapsizmi? U yuz minglab insonlarning hayotini saqlab qoldi. Biz undan minnatdor bo'lishimiz lozim”, - dedi Redkach.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar