13 iyu 12:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Umar Nurmagomedov UFCdagi debyut jangini qachon va kimga qarshi o'tkazishi malum bo'ldi
GFCning sobiq chempioni Umar Nurmagomedov UFCdagi debyut jangini 25 iyul kuni Abu-Dabidagi "Jangchilar oroli"da o'tkazadigan bo'ladi.
U o'sha kuni angliyalik Nataniel Vudga qarshi jang o'tkazadi.
Avvaliga Xabibning amakivachchasi Xanter Azurga qarshi o'tkazishi lozim edi. Ammo pandemiya sabab UFC 249 turniri o'tkazilmay qolgandi.
Eslatib o'tamiz, Umar Nurmagomedov GFC promoushenining sobiq chempioni hisoblanadi. U o'z janglaridan birini Toshkentda o'tkazgandi.
Havola :
Manba : Sports.ru
Fikrlar