So’nggi yangiliklar

13:23ФАКТ. Ўзбекистон сафарда Жанубий Кореяни мағлуб эта олмаган 0 12:24Дана Уайт UFC қийматини 50 млрд долларга баҳолади 0 11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0

14 iyu 15:15
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

"Universiada-2019"ni qancha medal hamda nechanchi o'rinda yakunladik?

Italiyaning Neapol shahrida talabalar o'rtasida Butunjahon Universiada o'yinlari yakuniga etib bormoqda.

Bugun musobaqaning so'nggi kun bellashuvlari bo'lib o'tadi. Reglamentga ko'ra, ushbu kun doirasida suv polosi bo'yicha uchinchi o'rin va g'oliblik uchun 2 ta uchrashuv o'tkaziladi xolos. Qolgan barcha bellashuvlarda g'oliblar nomi aniq bo'ldi.

Tennischimiz Humoyun Sultonov yakkalik bellashuvlarida ham finalda ishtirok etib, kumush medalga sazovor bo'ldi. Tennischilarimizning umumjamoa hisobida birinchi o'rinni qo'lga kiritgani evaziga yana bir oltin medal yozildi. Musobaqa reglamentiga ko'ra, ochkolar bo'yicha tennis bahslarida umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallagan jamoaga ham yana bir oltin medal beriladi.

SHu tariqa O'zbekiston delegaciyasi bu yilgi Universiada o'yinlarini 2 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza, jami 8 ta medal bilan yakunladi. Eng ko'p medallarni Yaponiya terma jamoasi jamg'ardi. Kun chiqar yurt vakillari 33 ta oltin, 21 ta kumush va 28 ta bronza medallarini to'plashga muvaffaq bo'ldilar. 

Bu natija bilan delegaciyamiz musobaqani umumjamoa hisobida 112 mamlakat orasida 19-pog'onada yakunlamoqda. Bu Osiyo mamlakatlari orasida oltinchi, Markaziy Osiyo mintaqasi bo'yicha esa eng yaxshi natija bo'ldi. Qo'shni Qozog'iston Respublikasi talaba sportchilari Universiadada 1 ta oltin, 5 ta kumush va 1 ta bronza medalini jamg'arishdi.

Neapol Universiadasida qo'lga kiritilgan medallarimiz:

Oltin:
Tennis (juftlikda, Humoyun Sultonov va Sanjar Fayziev)
Tennis (umumjamoa hisobida)

Kumush:
Niyoz Po'latov (taekvondo, -63 kg.)
Humoyun Sultonov (tennis, yakkalik)

Bronza:
Diyora Keldiyorova (dzyudo, -52 kg.)
Hikmatilloh To'raev (dzyudo, -73 kg.)
Muhammadkarim Xurramov (dzyudo, -100 kg.)
Davlat Bobonov (dzyudo, mutlaq vazn)

Reyting: +2   

Fikrlar

   
14 iyu 16:17:26
파흐리딘
Natija yaxshimas harakat qilish kerak kuchli beshtalikka kirishga.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing