So’nggi yangiliklar

15:21Ислом Бирдамлиги ўйинларига тайёргарлик бошланди 0 15:00"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" ҳужумчиси бўйича келишувга эришди 0 14:38Махачевнинг мураббийи қандай ҳолатда Топурия билан жанг бўлиши мумкинлигини айтди 0 14:14Усик жамоаси Уайлдерга қарши жанг эҳтимоли ҳақида гапирди 0 13:52Пётр Ян UFCдаги яқин режалари ҳақида гапирди 0 13:30Рахим Стерлинг фаолиятини Лондоннинг бошқа бир клубида давом эттириши мумкин 0 13:06"Жон Жонс Аспиналлдан қўрқиб ММАдан кетгани йўқ" - мураббий 0 12:40Артур Бетербиевнинг навбатдаги рақиби ва жанг санаси аниқ бўлди. Бу Бивол эмас 0 12:07"Махачев Топурия билан партерда қийналади" - UFC собиқ жангчиси 0 11:26Зидан келаси йил мураббийликка қайтади 0 11:05Камончиларимиз Кореяда бир ойлик халқаро ўқув-машғулот йиғинига киришишди 0 10:44ИНТЕРВЬЮ. Жигарлар кушандаси, Жейрон Эннис, Жервонта Дэвиснинг ошнаси — Жамшид "Жаллод" Нажмиддинов 0 10:23Ричард Торрес кейинги рақиб сифатида кимни кўришни исташини айтди 0 10:02Сон Хён Мин МЛС тарихидаги энг қиммат трансферга айланади 0 09:41Бугун Осиё чемпионатида финалчилар аниқланади, унда 18 боксчимизга мухлислик қиламиз 0

11 avg 10:11
Yangiliklar

Tadbirlar

Universitetining 65 yilligi munosabati bilan: Ko'zguda ko'p kurash sport turlari fakulteti

Teglar :  O'zDJTSUKo'pkurash
O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti 65 yoshda!

#UzDJTSU2020  #UzDJTSU_65_YOSHDA

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportga bo'lgan yuksak etibor tufayli joylarda zamonaviy sport inshootlari bunyod etilib, yoshlar ixtiyoriga topshirilmoqda. Xususan, CHirchiq shahrida joylashgan O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ham havas qilsa arzigulik majmualar barpo etilib, talabalar ixtiyoriga topshirilmoqda. Qulay shart–sharoitlar, keng imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan mazkur universitet talabalari o'z tanlagan sohalari bo'yicha puxta bilim olib, kelajakda etakchi kadrlar bo'lishga intilishmoqda. 

Etiborli tomoni, tahsil olayotgan talablarning ko'pchiligi sport turlari bo'yicha milliy terma jamolari safida turib, xalqaro sport maydonlarida Yurtimiz shanini munosib himoya qilishmoqda. 

Biz mazkur sahifamizda iqtidorli, sportda irodasi mustahkam, jahon sport olamida davrug' taratayotgan sportchi- talabalarni jamlagan ko'pkurash sport turlari fakulteti haqida qisqacha malumot berishga harakat qilamiz.

Respublikamizda talim sohasini tubdan isloh etish, kadrlar tayyorlash tizimiga etibor qaratish va yaxshilash maqsadida ushbu fakultet 2009 yilda   yakkakurash sport turlari fakulteti negizidan  alohida ajratib chiqarildi va ko'pkurash sport turlari fakultetiga  asos solindi. 

Dastlab fakultetga pedagogika fanlari nomzodi, professor R.Matkarimov rahbar etib tayinlandi. Kiyinchalik fakultetga pedagogika fanlari nomzodi, docent D. Umarov, pedagogika fanlari nomzodi, docent N.To'xtabaev, pedagogika fanlari nomzodi, docent B. Mo'saevlar rahbarlik qilib keldi. Ayni paytda fakultetga  pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), docent Muqimjon Arziqulov rahbarlik qilmoqda. 

Bugun fukultet tasarrufidagi kafedralarda 50 nafardan ortiq professor-o'qituvchilar ilmiy faoliyat olib borishmoqda.  Fakultetda hozirda 1471 nafar talabalar talim yo'nalishi triatlon, biatlon, og'ir atletika, sinxron suzish, velosport, engil atletika, eshkak eshish, suzish, ot sporti bo'lgan turlar bo'yicha talim olishadi.

Fakultet o'z faoliyati davomida jismoniy tarbiya va sport yo'nalishi doirasida 6 ta sport ixtisosligi bo'yicha 1859 nafar, kasb talimi ixtisosligi bo'yicha esa 560 nafar “Jismoniy tarbiya o'qituvchisi va tanlangan sport turi bo'yicha trener” malakasiga ega kadrlar tayyorlagan. 

1997 yil 30 avgustda qabul qilingan va hozirgi kunda bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan “Talim to'g'risida”gi Qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga asosan joriy etilgan Davlat talim standartiga asosan  2001 yildan boshlab  sport turlari faoliyati bo'yicha, 2011 yildan boshlab  sport faoliyati (faoliyat turlari bo'yicha) yo'nalishi bo'yicha bakalavrlar tayyorlanmoqda. Ko'pkurash sport turlari fakultetda 2018-2019 o'quv yilidan boshlab ot sporti, 2019-2020 o'quv yilidan biatlon va triatlon talim yo'nalishlari bo'yicha ham mutaxassislar tayyorlash  yo'lga qo'yildi.

Yuqorida takidlaganimizdek, fakultet talabalarining xalqaro musobaqalarda erishayotgan natijalari tahsinga loyiq. Osiyo va jahon chempionatlari, xalqaro turnirlar, Osiyo va olimpiya o'yinlarida  talabalarning ishtiroki va muvaffaqiyatli yurishlari ayni haqiqat. Jumladan, hozirgacha ko'pkurash sport turlari fakultetida 257 nafar sport ustalari, 45 nafar   xalqaro toifadagi sport ustalari, 5 nafar O'zbekiston Respublikasida  xizmat ko'rsatgan sport ustalari, 2 nafar O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan trener, 13 nafar Osiyo va jahon chempionati  hamda Olimpiya o'yinlari g'olib va sovrindorlari, 48 nafar Osiyo va olimpiya o'yinlari ishtirokchilari tahsil olishgan. 

Quyida nomlari keltiriligan g'olib sportchilar bugun fakultetning iftixorlari sanalishadi. 

Vadim Menkov kanoyda eshkak eshish bo'yicha   2005 yildan buyon O'zbekiston Milliy terma jamoasi  azosi. Ikki karra Olimpiada ishtirokchisi, jahon va Osiyo chempioni, Osiyo o'yinlarining 3 karra g'olibi, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni sohibi. Aleksey Mochalov baydarka va kanoyda eshkak eshish bo'yicha 2 karra Osiyo o'yinlari g'olibi, O'zbekiston Respublikasida Xizmat ko'rsatgan sportchi faxriy unvoni sohibi. Dmitriy Xorlin suzish bo'yicha  2016 yil Paralimpiya o'yinlari bronza medali sohibi, 3 karra Osiyo o'yinlari g'olibi, 2 karra Osiyo o'yinlari sovrindori. “Jasorat” medali soxibi, Ekaterina Voronina engil atletika bo'yicha Osiyo o'yinlari g'olibi, O'zbekiston rekordchisi, 6 karra O'zbekiston chempioni. Leonid Andreev engil atletika bo'yicha yoshlar o'rtasida jahon chempioni, olimpiya o'yinlari ishtirokchisi, Osiyo o'yinlari sovrindori, yoshlar o'rtasida Osiyo chempioni. Bobur SHokirjonov engil atletika bo'yicha yoshlar o'rtasida Osiyo chempioni. Andrey Petrov engil atletika bo'yicha Osiyo chempioni, 5 karra O'zbekiston chempioni, Doniyor Soliev engil atletika bo'yicha jahon chempioni, olimpiya o'yinlarining 2 karra bronza medali sohibi, Osiyo o'yinlari g'olibi, “Jasorat” medali sohibi. Nozima Qayumova engil atletika bo'yicha  Olimpiada o'yinlari g'olibi, jahon chempionati sovrindori, Osiyo o'yinlari g'olibi, “O'zbekiston iftixori” faxriy unvoni sohibasi. Ekaterina Svechnikova engil atletika bo'yicha, yoshlar o'rtasida jahon chempioni, olimpiya o'yinlari ishtirokchisi, yoshlar o'rtasida Osiyo chempioni, “SHuhrat” medali sohibasi. Doniyor Ahmedov engil atletika bo'yicha 2012 yil Londonda, 2016 yil Braziliyada bo'lib o'tgan paralimpiya o'yinlari g'olibi. Regina Adashboeva engil atletika bo'yicha yoshlar o'rtasida Osiyo chempioni, O'zbekiston rekordchisi. Ulug'bek Alimov og'ir atletika bo'yicha jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni, O'zbekiston rekordchisi. Doston Yoqubov og'ir atletika bo'yicha jahon chempioni, yoshlar o'rtasida Osiyo chempioni, O'zbekiston rekordchisi. Akbar Jo'raev og'ir atletika bo'yicha jahon chempioni, yoshlar o'rtasida jahon rekordchisi, yoshlar o'rtasida Osiyo chempioni, O'zbekiston rekordchisi. Mansur CHashemov og'ir atletika bo'yicha Osiyo o'yinlari sovrindori, olimpiya o'yinlari ishtirokchisi, O'zbekiston rekordchisi. SHerzod Yusupov og'ir atletika bo'yicha Olimpiada o'yinlari ishtirokchisi, O'zbekiston chempioni, O'zbekiston rekordchisi. Murod Xolmurodov velosport bo'yicha Osiyo o'yinlari kumush medali sohibi, olimpiya o'yinlari ishtirokchisi. Sultane Useinova pauerlifting bo'yicha jahon chempionati sovrindori.  

Ko'pkurash sport turlari fakulteti manaviy-marifiy, axloqiy-tarbiyaviy, o'quv-uslubiy hamda ilmiy yo'nalishlaridagi tadbirlarga ham alohida etibor qaratib keladi.

Takidlash kerak, fakultetning bir qator bitiruvchilari fan olimpiadlari, Prezident nomidagi va Ibn Sino nomidagi stipendiyalarni olishga ham sazavor bo'lishgan.

Albatta, talablarning yuqori marralarni egallashida, puxta bilim olishida O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sport murabbiyi, professor Rashid Matkarimov, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sport murabbiyi, docent, Danel Kim, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sport ustozi, professor Klara SHokirjonova, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sport murabbiyi, professor Vasiliy Korbut singari ustozlarning mehnati etirofga sazovor.  

Ilhom RAHMONOV tayyorladi, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing