So’nggi yangiliklar

11:58Чимаев Макгрегор билан таққослашларига муносабат билдирди 0 11:36Артур Таймазов: "Ўзбек халқи билан учраштиргани учун тақдиримдан миннатдорман" 0 11:15Octagon League Одилхон, Эркебулан ва Камил Каратэнинг кейинги рақиблари ким бўлишини эълон қилди, Камолов укаси учун қасос олмоқчи! 0 10:50Пролига ҳам қайтмоқда. 11-турнинг расмийлари маълум 0 10:29Хамзат Чимаев учта вазн тоифасида чемпионлик учун жанг қилмоқчи 0 10:08Қатар 2036 йилги Олимпия ўйинларини ўзида қабул қилиш ниятида 0 09:47Польшалик боксчи Жалоловни оғир вазннинг янги истиқболи сифатида таърифлади 0 09:26Суперлига. Бугун иккита учрашув бор 0 09:05Бугун Осиё чемпионатида U-19 ёш тоифасидаги чорак финал баҳслари ўтказилади, унда 10 нафар ҳамюртимиз рингга чиқади 0 08:44Жаҳон рейтинги янгиланди: пара таэквондочиларимиз етакчилар қаторида 0 08:23Бокс: U-22 терма жамоамиз Осиё чемпионати ярим финал баҳсларини якунлади 0 08:02U-20 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Баҳрайнни ўта йирик ҳисобда таслим қилди 0 07:40Қозоғистон ҳақиқатдан ҳам Болтаев - Консбеков жанги юзасидан шикоят қилдими? 0 07:12Аюбхон Бахтиёров WBC Гран-присидаги кейинги жангини мексикалик боксчига қарши ўтказади + ПОСТЕР 0 19:33Фигурали учиш бўйича Ўзбекистон чемпионати бошланди, унда россиялик атлетлар ҳам иштирок этяпти 0

08 avg 18:50
Yangiliklar

Tadbirlar

Universitetining 65 yilligi munosabati bilan: Suv sporti va eshkak eshish turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi

Teglar :  O'zDJTSU Suv sporti
Quyidagi maqola orqali Universitetning Suv sporti va eshkak eshish turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi faoliyatiga nazar tashlaymiz.

#UzDJTSU2020  #UzDJTSU_65_YOSHDA

“Suv sporti va eshkak eshish turlari nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi ko'pkurash sport turlari fakultetining tarkibiy qismi hisoblanib, kafedraga ayni paytda Xayrulla Matnazarov rahbarlik qiladi.

“Suv sporti va eshkak eshish turlari nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi  1956 yilda o'sha davrdagi O'zbekiston jismoniy tarbiya va sport Qo'mitasi tashabbusi bilan O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tarkibida ochilgan. Kafedra turli yillarda “Suv sporti va dengiz ko'pkurashi”, “Suzish va eshkak eshish”, “Suzish, eshkak eshish va sinxron suzish nazariyasi va uslubiyati” deb ham nomlangan. 

Kafedrada ilk bor  V. F. Malyxin  (1956-1957 yillarda) kafedra mudiri lavozimida ishlagan bo'lsa, keyinchalik  V. N. Mixaylov  (1957-1960 yillarda), pedagogika fanlari nomzodi, docent L. Z. Goroxovskiy  (1961-1969 yillarda), O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy L. A. Filkov (1969-1971 yillarda), biologiya fanlari nomzodi, professor A. N. Livickiy  (1972-1985 yillarda), pedagogika fanlari nomzodi, docent S. P. Konov S.P. (1986-1987 yillarda), O. A. Sobirova (1987-1998 yillarda), E. M. Mo'minov  (1998-1999 yillarda), F. T. Ikramov  (1999-2004 yillarda) va professor V. M. Korbut   (2004-2018 yillardda) kafedra mudiri lavozimida ishlab kelgan.

Kafedrada professor, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan jismoniy tarbiya va sport xodimi A. N. Livickiy , pedagogika fanlari nomzodlari va docentlar E. YU. Aminova, N. I. Karaulova, V. YU.Klimin, S. P. Konov, V. M.Korbut, O. V. Pankrateva, O.A. Sobirova, T.Turchenyuk,  O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiylar A. I. Gnedovskiy, I. P. Kayzer, V. M. Korbut, V. P.Lyutyy, V.N. Mixaylov , SH. U. Nazarov, E. V. Petrov, M. V. Rakita,  o'qituvchilardan   B. A. Axmedov, L. M. Bashirova, V. V. Dukalskiy, K. S. Isatov, N. P. Kotov, N. G. Lomakin, Z. V. Marinina, L. A. Parshina, Z. V. Platonova,  YU. S.CHernovlar faoliyat ko'rsatgan.

Keyinchalik kafedraga A. N. Vasilev A., V. P. Vertyankin, V. I. Voljin, O. V. Vysockaya, K. P. Gayduk, E.N. Zavadovskaya, V. Ziyatdinova, F. T. Ikromov, M. M. Levin, O. V. Muravev, G. I. Tarasov, G. M. Krasnova, E. T. Hamdamova, V. E. SHubin, M. L. Calcudi, A. N. Babkina, SH. G.Isroilova, O. V. Jejel, E. V. Kozlova, SH. X. SHamsuddinov, SH. R. Tolipov, B. U. Badalova, E.R.Suxova, Z. U. Karimova, O. V. Korotaeva , V. M. Zarodov, A. I. Geyger, R. R. Salimgareeva,  X. YU. Matnazarov, B. F. Ikromov, G. I. Ahmedova, I. S. Islomov, G. M. Zoitova, U. Z. Eshmuhammedova, F. M. Mo'minov, I. I. Axmedov, SH. A. Pirnazarov, Z. N. Azimov, B. A.Eshimov singari tajriabali o'qituvchi – murabbiylar talabalarga suv sporti sirlarini o'rgata boshladi.

Kafedra tashkil topgandan buyon suv sporti bo'yicha 2000 dan ortiq, eshkak eshish ixtisosligi bo'yicha 550 dan ortiq mutaxassislar tayyorlangan. Kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan 7 ta darslik, 700 dan ortiq ilmiy maqolalar, 280 dan ortiq ilmiy-uslubiy qo'llanmalar chop etilgan. Kafedrada 32 ta suv sporti bo'yicha, 58 ta eshkak eshish sporti bo'yicha Xalqaro toifadagi sport ustasi, 300 dan ortiq Sport ustalari taxsil olishgan. 

Universitet rektori Boltabaev Maxmudjon Rustamovich boshchiligida o'quv jarayoni sifatini oshirish, malakali kadrlarni tayyorlash bo'yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotgani bois, kafedra talabalari har yili O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tomonidan o'tkaziladigan ilmiy-tadqiqot anjumanlarida faol ishtirok etib kelishmoqda.Hozirda kafedra talabalari ixtiyorida 25 metrli yopiq basseyn, 50 metrli ochiq basseyn va kichik yoshdagi bolalarni suzishga o'rgatuvchi qichik ochiq suv havzasi mavjud.

Kafedra bitiruvchilaridan S.Babina, M. Kolganov, E. Muradosilov, N. Ustinova, E. SHagaevlar  Olimpiada o'yinlari g'olib va sovrindorlari, L. Belokon, YU. Borzova, V. Bukanov, I. Kireev, A. Kolganov, S. Konov, R. Manina, V. Medvedev, YU. Sobole, M. SHarafutdinova, T. CHislova, V. Minkov, M. Medetov, S. Mirbekov, M. Xodjiev, G. Morozovlar jahon chempionati va Kubogi g'olib va sovrindorligini qo'lga kiritishgan. Z. Ganieva, S. G'anieva,  R. Islomov, D. Krivo, D. Kovalenko, I. Lyalina, V. Tremasov, A. Tyurin, A. SHilin, YU. Borzova, R. Naurzaliev, V. CHernenko, A. Bobojonov, S.Borzovlar esa Osiyo o'yinlari g'olib va sovrindorlari bo'lishgan. Kafedraning qirq nafardan ortiq bitiruvchilari O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy uvoniga ega bo'lgan. To'rt nafar bitiruvchisi "O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi" unvoniga ega bo'ldi. Vadim Menkov "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlandi. "SHuhrat" medali bilan kafedra bitiruvchi talabalaridan I. Kireev, R. Naurzaliev, R. Musaev, S. Mirbekov, G. Kochnevlar taqdirlangan.  Iqtidorli talabalardan Zulfiya Ahmadjonova, Viktoriya Korbut va Zulayho Abdusamatovalar Ibn Sino nomidagi davlat stipendiyasiga sazovor bo'lishgan.

Yaponiyada o'tadigan navbatdagi yozgi olimpiya o'yinlarida ishtirok etish uchun to'rtinchi bosqich talabalari Dilnoza Rahmatova hamda Nilufar Zokirova ikki kishilik kanoe qayig'ida 1000 metrlik eshkak eshish dasturi bo'yicha yo'llanmani qo'lga kiritgan bo'lishsa, ikkinchi bosqich talabasi SHahnoza Mirzaeva paralimpiya o'yinlarining 1000 metrga baydarkada  eshish dasturi bo'yicha yo'llanmani naqd qilgan.   

2016 yilgi Paralimpiya o'yinlari bronza medali sohibi , 3 karra Osiyo o'yinlari g'olibi, 2 karra Osiyo o'yinlari sovrindori, “Jasorat” medali soxibi Dmitriy Xorlin, 2 karra Osiyo o'yinlari g'olibi, “O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi” faxriy unvoni sohibi Aleksey Mochalov,  ikki karra  Olimpiada o'yinlari bronza medalini qo'lga kiritgan, 1965 yilgi Butunittifoq talabalari Universiadasi g'olibi va bronza medali sohibasi,  pedagogika fanlari nomzodi Svetlana Babanina suv polisi ustasi, Olimpiada g'olibi, Sobiq Ittifoqda xizmat ko'rsatgan sport ustasi (1980), suv polosi bo'yicha Rossiya milliy terma jamoasini boshqargan Erkin SHagaev,   4×100 metrga aralash estafetada 1988 yilgi Olimpiada o'yinlari bronza medali sohibi, 1986 yilgi jahon chempionati bronza medali sohibi, jahon chempionati va evropa chempionatlarining ko'p karra sovrindori. Yozgi Universiadalar ko'p karra g'olib va sovrindori, evropa rekordchisi (1984), Sobiq Ittifoqda xizmat ko'rsatgan sport ustasi (1984) Sergey Valentinovich Zabolotnov hamda chalqancha krol usuliga ixtisoslashgan o'zbek suzuvchisi, ikki karra Olimpiada o'yinlari ishtirokchisi (2000 va 2004), mustaqillik yillarida Olimpiada o'yinlarida ishtirok etgan dastlabki suzuvchi qiz (2000 yil Sidney) Saida Iskandorovalarni kefedra faxr va iftixorlari sanalishadi.

Kafedra mudiri Xayrulla Matnazarovning takidlashicha ayni pandemiya sabab karantin paytida talabalar o'rtasida onlayn mashg'ulotlar yo'lga qo'yilgan. Talabalarga amaliy mashg'ulotlar videodarslar orqali, maruzalar matn va taqdimot shaklida   MOODLE platformasi ZOOM ilovasi orqali  etkazilmoqda.

Yangi o'quv yili uchun fan dasturlari, ishchi fan dastur va o'quv rejalari ishlab chiqilmoqda

Ilhom RAHMONOV tayyorladi, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing