18 avg 12:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Uord Krouford-Indongo va Meyvezer-Makgregor jangini sharhlaydi
Professional boksning yarim og'ir vazn toifasida WBA (Super), WBO hamda IBF yo'nalishlari chempioni Andre Uord Amerikaning dunyoga mashhur ESPN telekanalida sharhlovchilik qiladi.
Uord avvaliga 19 avgust kuniga belgilangan jangda sharhlovchilik qiladi. Unda birinchi yarim o'rta vazn toifasining WBC va WBO yo'nalishlari chempioni Terens Krouford hamda IBF hamda WBA Super chempionlik kamarlari sohibi Julius Indongo o'zaro to'qnash kelishadi.
26 avgust kuni esa u Floyd Meyvezer va UFC chempioni Konor Makgregor o'rtasidagi jangda sharhlovchilik vazifasini bajaradi. Uord bilan birga Jo Tessitore va Teddi Atlas ham bu ikki jangni sharhlaydi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar