So’nggi yangiliklar

14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0

23 noy 10:10
Yangiliklar

Boshqalar

Urganchda mohir sportchilar taqdirlandi + FOTO

Teglar :  VatanparvarUrganch
Yurtimiz kelajagi hisoblangan yoshlarni elimizga sadoqatli, xalqimizga mehr-muruvvatli, buning barobarida, jismonan baquvvat va manan sog'lom ruhda voyaga etkazish yo'lida O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Xorazm viloyati kengashi tomonidan tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.

Binobarin, ushbu tashkilot vohada sportning texnik va amaliy turlarini yanada rivojlantirish, uning ommaviyligini oshirish yo'lida muhim o'rin tutadi. 

Bugungi kunda kengash tasarrufidagi viloyat texnik va amaliy sport turlari markazi, shahar va tumanlardagi o'quv sport texnika klublarining sport sekciyalarida xorazmlik yoshlar o'zlari mehr qo'ygan yozgi biatlon, triatlon(duatlon), pnevmatik quroldan o'q otish, motokross, karting, aviamodel, raketamodel, radiosport va parashyut sporti singari sport turlarini katta qiziqish va ishtiyoq bilan o'zlashtiryapti. 

Mashg'ulotlardan tashqari, belgilangan reja asosida uyushtirilayotgan musobaqalar ularning tajriba va mahoratini maromiga etkazishga xizmat qilayotir. O'z navbatida vohalik sportchilar respublika miqyosidagi chempionat va birinchiliklarda sovrindorlar safidan joy olishayotir.

Malumki, har yili 23 noyabr - O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tashkil topgan kun sifatida keng nishonlanadi. Joriy yil ham bundan mustasno bo'lmayapti. Joylarda mazkur sanaga bag'ishlab sport musobaqalari va manaviy-marifiy tadbirlar o'tkazilmoqda. Xorazm viloyati kengashida uyushtirilgan bayram tadbiri ham ana shular sirasiga kiradi. Tizimning eng faol xodimlari va mohir sportchilari tadbirning ezozli mehmonlari bo'lishdi.

Tadbirda qatnashgan kengash raisi Davronbek Ibragimov yig'ilganlarni qutlug' ayyom bilan muborakbod etib, sohani yanada rivojlantirish yo'lida qo'shayotgan munosib xizmatlariga minnatdorlik ramzi sifatida faxriy yorliq va sovg'alar bilan taqdirladi.

Ikrom XUDOYBERGANOV, Urganch shahridan

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing